Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.04.2018 13:32 Chop etish versiyasi

Xalqaro harbiy hamkorlik loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari mutaxassislari tomonidan soha mutaxassislari, pedagoglar uchun seminar-treninglar o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulot xalqaro harbiy hamkorlik loyihasi doirasida tashkil etildi. O‘quv-kurslari Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari vakillari – general-mayor Mamadov Valif Mammad o‘g‘li, professor Allaxyarova Taxira Bekir qizi, Jefarov Geydar Allahyor o‘g‘li, Maxmuradov Agil Shavkat o‘g‘li kabi mutaxassislar tomonidan olib borildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari 2017 yil yanvar oyida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida bo‘lib, ushbu bilim yurti negizida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar akademiyasini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar bergan edi. Prezidentimizning 2017 yil 25 apreldagi qaroriga asosan, Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyati qayta tashkil etildi.

Akademiya yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarning ilg‘or tajribasini o‘zida jamlagan ilm-fan markaziga aylangan. Eng yangi usul va texnologiyalarga ega, zamonaviy trenajyorlar, o‘quv-laboratoriya uskunalari va komputer texnikasi bilan jihozlangan auditoriyalarda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi bilan birga, ilm-fan ham chuqur o‘rgatiladi. O‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilmoqda.

Akademiya tinglovchilari uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.

Bir hafta davom etgan nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in savol-javoblarga, taassurotlarga boy bo‘ldi.

Barno Meliqulova, O‘zA
1 158