O‘zA O`zbek

11.07.2019 22:15 Chop etish versiyasi

Xalqaro festivalda eng munosiblar ishtirok etadi

Xalqaro festivalda eng munosiblar ishtirok etadi

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Hunarmandlar” markazida viloyat hunarmandlari mahsulotlarining koʻrgazmasi oʻtkazildi.

Joriy yilning 10-15-sentyabr kunlari Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro hunarmandchilik festivali oldidan tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi 40 nafardan ortiq hunarmand oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Koʻrgazma davomida hunarmandlarga zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Eng yaxshi mahsulotlar xalqaro festivalda namoyish etish uchun saralandi.

Siroj ASLONOV olgan suratlar, OʻzA
769