Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.04.2017 19:24 Chop etish versiyasi

Xalq vakillarining faolligi – zamon talabi

Bo‘ka tumanida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy hamda Toshkent viloyati kengashlari tomonidan doimiy elektorat manfaatlariga aloqador ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishiga ta’sir ko‘rsatishda siyosiy partiyalar, ularning deputatlik birlashmalari huquq va vakolatlarini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhi a’zolari, partiyaning markaziy, viloyat va tuman kengashlari vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholining siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Jamiyatdagi islohotlar samaradorligini yuksaltirishda siyosiy partiyalar, ularning quyi bo‘g‘inlari va deputatlik guruhlarining o‘z o‘rni bor. Ma’lum bir sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhi a’zolari faolligini muntazam oshirib borishni davrning o‘zi talab etmoqda.

– Seminarda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, partiya mahalliy kengashlari va deputatlik guruhlari a’zolarining faolligini yanada yuksaltirish, huquqiy bilim va malakasini oshirish, elektorat manfaatlariga daxldor masalalar bo‘yicha takliflar kiritish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish, ularning monitoringini olib borish ishlarini takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi, – deydi partiya Toshkent viloyati kengashi deputatlik birlashmalari ishini muvofiqlashtirish va jamoatchilik qabulxonalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Furqat Isroilov. – Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini amalga oshirishning samarali mexanizmlaridan foydalanish masalalari xususida ham fikr almashildi.

Seminar doirasida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda mavzu yuzasidan munozaralar olib bordi. Har bir guruh o‘z chiqishlarida aholining kam ta’minlangan va yordamga muhtoj qatlamini ijtimoiy muhofaza qilish, xususan, pensionerlar, nogironlar, yolg‘iz keksalar va boshqa ehtiyojmand toifalarning to‘laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxining asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarda mavjud muammolarga yechim va takliflar berdi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA
259






Все о погоде - Pogoda.uz