O‘zA O`zbek

12.07.2019 17:27 Chop etish versiyasi

“WillkieFarr” kompaniyasi huquqiy bazani shakllantirishda ko‘maklashadi

“WillkieFarr” kompaniyasi huquqiy bazani shakllantirishda ko‘maklashadi

Mazkur yuridik firma ayni vaqtda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida 10 dan ortiq vakolatxonaga ega bo‘lib, 700 dan ortiq huquqshunos faoliyat yuritadi. “WillkieFarr” infratuzilma, energetika, moliya va tabiiy resurslardan foydalanish masalalarida xalqaro investorlar uchun loyihalarni amalga oshirish yuzasidan huquqiy xizmatlar ko‘rsatadi.

Ayni vaqtda “WillkieFarr” vakillari Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida bo‘lib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion islohotlar, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va qonunchilik borasida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Uchrashuvda xalqaro yuridik firma vakillari joriy yilning 10 may kuni qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni yurtimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va sarmoyaviy muhitni yaxshilashga asos bo‘lishini ta’kidladi. Xususan, qonunning jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqilgani va xalqaro talablarga javob berishi maqtovga loyiq.

Uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik asosidagi o‘ndan ziyod loyiha amalga oshirilayotgan, ularda ishonchli huquqiy bazani shakllantirishda xorij tajribasini keng jalb qilish bo‘yicha “WillkieFarr” kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik qilish, treninglar o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zA
384