Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 12:43 Chop etish versiyasi

Viloyat hokimi harbiylar huzurida

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Guliston garnizonida xizmat qilayotgan ofitser va askarlar hayoti bilan tanishdi. 

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlash, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 28-avgust kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan sayyor videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan dolzarb va ustuvor vazifalar ham bu borada olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, mudofaa salohiyatimizni  mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Harbiy qism va bo‘linmalarda sog‘lom ma’naviy muhit shakllangan. Milliy armiyamiz saflarida jismonan sog‘lom va baquvvat, intellektual salohiyatli yigitlar xizmat qilmoqda. Buni Guliston garnizonida xizmat qilayotgan harbiylar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Tadbir davomida “Kitob bilan har bir xonadonga” loyihasi doirasida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Viloyat hokimi oddiy askarlarning yashash sharoiti, trenajyor zallari, mashg‘ulot xonalari, sport maydonchalaridagi qulayliklar bilan tanishdi. Xizmat burchini sidqidildan bajarayotgan, jangovar va taktik mashqlarda safdoshlariga ibrat bo‘layotgan bir guruh muddatli harbiy xizmatchilar rag‘batlantirilib,  kitob jamlamasi bilan taqdirlandi.

Bozorboy Bekmurodov. O‘zA
1 628






Все о погоде - Pogoda.uz