Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.04.2017 19:13 Chop etish versiyasi

Vazifalar ijrosiga bag‘ishlandi

Poytaxtimizdagi «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash raisi Sh.Qurbonova va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan taraqqiyotimizning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari aniq belgilab berilganligini ta’kidladi. Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari mamlakatimizda islohotlar samaradorligini keskin oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, barcha sohani modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Harakatlar strategiyasi hamda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturining ijrosini ta’minlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha partiya tashkilotlari oldida turgan vazifalarni belgilab olish, ularning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilishda faollik ko‘rsatish, aholi bilan muloqotlar o‘tkazish, mavjud muammolarni chuqur o‘rganish hamda yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish dolzarb masaladir.

Yig‘ilishda bu borada O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining barcha darajadagi tashkilotlari va deputatlik birlashmalari, xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar muhokama etildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
1 709






Все о погоде - Pogoda.uz