Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.04.2017 11:56 Chop etish versiyasi

Vazifalar belgilab olindi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash raisi M.Darxonov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosidan kelib chiqib, partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari faoliyatini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda partiya tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Harakatlar strategiyasidagi davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari oldiga katta mas’uliyat yuklaydi.

– Aholining bandligi va real daromadlarini ko‘paytirish, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Qutlimurodov. – Bunda partiya tashkilotlari qoshidagi “Jamoatchilik qabulxonalari” faoliyatini yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan amaliy harakat dasturining joriy yilda amalga oshirish rejalashtirilgan bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yig‘ilishda davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta’minlash, partiya faoliyati va elektorati manfaatlariga daxldor bo‘lgan qator dolzarb muammolarni o‘rganish va hal etish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
2 295






Все о погоде - Pogoda.uz