Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.04.2017 18:59 Chop etish versiyasi

Vatanparvarlik va mardlik timsoli

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida «Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi» mavzuida adabiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbirda tarixchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, harbiy xizmatchi va tinglovchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i H.Dadaboyev va boshqalar mustaqillik yillarida buyuk bobokalonlarimiz qatorida Amir Temur xotirasini e’zozlash, uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyatini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Amir Temurning qudratli davlat, adolatli jamiyat barpo etish, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, xalq farovonligini ta’minlashga oid ezgu tamoyillari bugun Vatanimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining mezoniga aylangan.

Sohibqironning bunyodkorlik, ilm-fan va san’at, me’morlikka bo‘lgan e’tibori, buyuk davlat arbobi va adolatli sarkarda sifatidagi fazilatlari haqida ko‘plab ilmiy-badiiy asarlar yaratilgan va yaratilmoqda. Bu asarlardagi Amir Temurning o‘gitlari, davlatchilik va diplomatiya, bunyodkorlik, ilm-fan va ma’naviyatga oid qarashlari yosh avlodni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega, el-yurt taqdiriga mas’uliyatli insonlar etib tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

– Bobokalonimizning yaxshi xulq-atvorli bo‘lish, to‘g‘rilikka va bir so‘zlikka odatlanish borasidagi fikr va o‘gitlari biz uchun katta ibrat, – deydi Qurolli Kuchlar akademiyasi tinglovchisi Ahrorjon Jafarov. – Bu insoniy fazilatlar bizni yaxshilik sari yetaklaydi, el-yurt koriga yaraydigan farzandlar bo‘lib ulg‘ayishga undaydi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
2 389






Все о погоде - Pogoda.uz