Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 19:56 Chop etish versiyasi

“Vatanparvar yoshlar – yurt kelajagi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

“Vatanparvar yoshlar – yurt kelajagi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugidagi Qarshi serjantlar tayyorlash maktabida “Vatanparvar yoshlar – yurt kelajagi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining mintaqaviy bo‘linmasi a’zolari, harbiy okrug mas’ul ofitserlari, serjantlar tayyorlash maktabi shaxsiy tarkibi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi vakillari, Qarshi davlat universiteti talabalari, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga tayyorlash vazifasi yuklangan 1-akademik litseyning harbiylashtirilgan maxsus guruhi o‘quvchilari ishtirok etdi.

“Vatanparvar yoshlar – yurt kelajagi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdiMustaqillik yillarida zamonaviy, ixcham va harakatchan, mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir milliy armiyamiz shakllantirilgani ta’kidlandi. 

Ishtirokchilar serjantlar tayyorlash maktabi tinglovchilarining yuksak jangovar va axloqiy-ruhiy sifatlarga ega bo‘lgan holda tarbiyalanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

– Harbiy vatanparvarlik yo‘nalishidagi ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad yoshlarda Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlashdir, – deydi Qarshi serjantlar tayyorlash maktabining shaxsiy tarkib bilan ishlash uslubiyoti sikli boshlig‘i, podpolkovnik I.Mahmudov. – Shu bilan birga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik tizimini yanada takomillashtirish, bunda yoshlarni harbiylik kasbi bilan keng tanishtirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, burchga sadoqat tuyg‘usini qancha erta va puxta shakllantirsak, ertangi tinch-osoyishta hayotimizning kafolatini yaratgan bo‘lamiz.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
2 362






Все о погоде - Pogoda.uz