O‘zA O`zbek

08.06.2018 14:26 Chop etish versiyasi

“Vaqf” fondi Payme, Click MBank to‘lov tizimlariga ulanganidan mablag‘lar tushumi yanada ortdi

“Vaqf” fondi Payme, Click MBank to‘lov tizimlariga ulanganidan mablag‘lar tushumi yanada ortdi
Prezident tashabbusi bilan tuzilgan mazkur fondga aholi qanday munosabatda bo‘lmoqda?

“Vaqf” xayriya jamoat fondi hisobiga 25 maydan 5 iyun sanasigacha, ya’ni 10 kunda 18 million so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushgan. Bu mablag‘ning 1,9 million so‘mga yaqini xayriya uchun, 15,5 million so‘mdan ko‘prog‘i zakot, ushr, fitr va fidya uchun, salkam 584 ming so‘mi vaqf uchun o‘tkazilgan.

Davlatimiz rahbarining farmoni asosida “Vaqf” xayriya jamoat fondining tashkil etilgani xalqimizning ko‘nglidan ishlardan biri bo‘ldi. Boisi fondga tushadigan mablag‘lar masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta’lim muassasalari xodimlari va talablarini, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Ayniqsa, ezgulik, sahovat va muruvvat oyi bo‘lgan Muborak Ramazon kunlarida yurtdoshlarimiz savob ish qilish, zakot berish kabi xayrli amallarni ixlos bilan ado etmoqda.

Fond tomonidan Payme, Click MBank to‘lov tizimlariga ulangandan keyin kelib tushayotgan mablag‘lar nisbatan o‘sgan.

Qayd etish kerak, hozirgi vaqtda fondga mablag‘ o‘tkazish uchun ko‘pchilik masjidlarga infokioskalar ham o‘rnatilgan. Bu usulda to‘lov qilinganda komissiya uchun pul olinmaydi. Ya’ni, zakot qilgan kishining zakoti shariatda ko‘rsatilganidek o‘rniga borgunga qadar bir so‘m ham kamaymaydi.

O‘zA
8 084