Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.04.2017 17:42 Chop etish versiyasi

Ustuvor vazifalar belgilandi

Jizzaxda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat resurs markazining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Jizzax viloyati resurs markazining 2011-2016-yillardagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlar nodavlat notijorat tashkilotlari rivojlanishiga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Mamlakatimizda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining mustahkam huquqiy asosi yaratilgan. NNTlarning davlat granti mablag‘lari bilan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida yoshlar, nogironlar, xotin-qizlar, kasaba uyushmalari, fuqarolar yig‘inlari, ilmiy-texnik, madaniy-ma’rifiy markazlar ijtimoiy, iqtisodiy masalalarni hal qilishda davlat hokimiyati organlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat resurs markazi tomonidan 2011-2016-yillarda 140 dan ortiq turli mavzularda davra suhbati, seminar- trening, uchrashuv, aksiya va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. 89 nodavlat notijorat tashkilotiga tashkiliy-texnikaviy, axborot-uslubiy va huquqiy ko‘maklashildi. Resurs markazi xodimlari, NNTlar vakillari mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari huzuridagi doimiy ishchi guruhlar va komissiyalar tarkibida ishtirok etayotir. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy komissiya, aholining huquqiy madaniyatini oshirish komissiyasi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya va boshqa jamoat tuzilmalari shular jumlasidandir.

Anjumanda fuqarolik jamiyati barpo etish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarda yoshlar va xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish, ekologik vaziyatni, atrof-muhit muhofazasini yaxshilashda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash yo‘nalishlarida NNTlar faoliyatini yanada faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.

– Davlat dasturlarini amalga oshirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, tibbiy va ekologik vaziyatni yaxshilashda NNTlar faolligi ortib bormoqda, – deydi O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Jizzax viloyati resurs markazi rahbari N.Kamolova. – O‘tgan hisobot davrida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamoat birlashmalari bilan hamkorligi mustahkamlandi. Bu yo‘nalishda hududiy resurs markazi O‘zNNTMAga a’zo nodavlat notijorat tashkilotlariga huquqiy, moddiy, metodik yordam ko‘rsatib kelayotir.

Anjumanda markaz faoliyati samaradorligini yanada oshirish, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi loyihasi hamda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Axloq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining respublika hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
577






Все о погоде - Pogoda.uz