Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.05.2018 08:20 Chop etish versiyasi

Urushga birga ketgan safdoshlarim ko‘z oldimda jon berganini eslasam, hozir ham ko‘nglim buziladi

– Urushga birga ketgan safdoshlarim ko‘z oldimda jon berganini eslasam, hozir ham ko‘nglim buziladi, – deydi “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 94 yoshli Hidoy ota Asqarov. – Endi bunday kunlar hech ham qaytmasin ilohim. Tinchlik hukmron ekan, yurtimiz obod, xalqimiz shod, dasturxonlarimiz to‘kin, biz nuroniylar doim e’zozda. Shunday kunlarda yo‘qlab kelganlari uchun ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputatlar, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat bo‘limi vakillari va tuman faollari bilan hamkorlikda Toshkent tumanidaistiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi.

Tadbir ishtirokchilari hududdagi “Kalas” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 96 yoshli Zuhriddin ota Islomovning xonadonida ham bo‘ldi. Otaxon yurtimizdagi tinchlik va farovonlik, davlatimiz faxriylarga ko‘rsatayotgan e’tibor uchun shukronalar aytib, duo qildi. Tadbirda soha xodimlari tomonidan urush va mehnat faxriylariga esdalik sovg‘alari, dori-darmonlar topshirildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 380