O‘zA O`zbek

18.04.2018 10:16 Chop etish versiyasi

Urganchdan uy sotib olmoqchi edi, ammo undan pora so‘rashdi

Mamlakatimizning barcha shaharu qishloqlari kabi Urganch shahri ham katta qurilish maydoniga aylangan. Qo‘li gul bunyodkorlar tomonidan uy-joylar, ko‘zni quvontiradigan bino va inshootlar qad rostlamoqda.

Ushbu barpo etilayotgan uy-joylar aholining qulay sharoitlarda yashashiga xizmat qiladi. Ayniqsa, ular aholiga imtiyozli kredit asosida berilayotgani barchaga ma’qul kelayotir.

Ammo, o‘z nafsini quliga aylangan ayrim shaxslar ushbu turdagi uy-joylarni taqsimlashda noqonuniy ravishda shaxsiy boylik orttirishga urinmoqda.

Urganch shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni biriktirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy komissiya tarkibidagi bir guruh shaxslar 2018 yil 10 aprel kuni uy-joyga muhtoj bo‘lib, murojaat qilgan fuqaro X.Otajonovdan ajratilgan bir xonali kvartirani uch xonalisiga almashtirish masalasida yordam berishni va’da qilib, uning ishonchiga kirib, 3 million so‘m pulni qonunga xilof ravishda olayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan, bir guruh shaxslarga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.Shokirov, O‘zA
2 930