O‘zA O`zbek

18.07.2018 16:31 Chop etish versiyasi

Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun yana bir imkoniyat

Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun yana bir imkoniyat
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yuqori sinf o‘quvchilari uchun ular egallashni xohlagan kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini ta’riflovchi multimedia vositalari bilan jihozlangan situatsion xonalar tashkil etiladi.

Bu Prezidentimizning joriy yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Yuqori sinf o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltirish kurslarini o‘tkazish yuzasidan dastur ishlab chiqiladi. Shu asosda yoshlar o‘zi istagan kasbga yo‘naltirilib, mashg‘ulotlar olib boriladi.

Bu ularning kelgusida tanlaydigan kasbini aniq bilishi, shunga mos tayyorgarlik ko‘rishi va yaxshi mutaxassis bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA
2 970