Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.11.2017 18:03 Chop etish versiyasi

Ulug‘ inson xotirasiga bag‘ishlandi

Ulug‘ inson xotirasiga bag‘ishlandi Namanganda atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Namangan viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Sharof Rashidovning yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnati, milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritildi.

14.jpg

– Prezidentimizning 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bu ulug‘ insonning xalqimiz oldidagi xizmatlari e’tirofi bo‘ldi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi raisi I.Najmiddinov. – Sharof Rashidovning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ezgu ishlardan namanganliklar ham nihoyatda mamnun. Zero, Sharof Rashidov Namangan viloyati istiqboli yo‘lida ham ulkan ishlarga bosh bo‘lgan insondir.

Tadbirda Sharof Rashidov bilan bir davrda ishlagan, hamsuhbat bo‘lgan mehnat faxriylari u haqidagi ibratli xotiralaridan so‘zlab berdi. Nuroniy otaxon va onaxonlar taklifi bilan Sharof Rashidovning davlat arbobi sifatidagi, shuningdek, ijodiy faoliyatiga doir xotiralardan iborat “Sharof Rashidov va Namangan” nomli kitob chop etishga qaror qilindi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
1 597






Все о погоде - Pogoda.uz