Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.04.2018 11:48 Chop etish versiyasi

Uchqo‘rg‘onda qanday muammolar bor?

Uchqo‘rg‘onda qanday muammolar bor?
Parlament vakillaridan iborat ishchi guruhining joylarda aholi bilan yuzma-yuz muloqotlari o‘z samarasini beryapti.

Shunday muammolar bo‘ladiki, uning yechimi mahalla, nari borsa, tuman miqyosida hal etiladi. Biroq, ularning yechimida yo mutasaddilarga tashabbuskorlik yetishmaydi, yoki bo‘lmasa loqaydlik qilishadi. To‘g‘ri, ba’zi masalalarda mahalla fuqarolar yig‘inlarini ayblab bo‘lmaydi. Ular nimayiki qilsalar-da, o‘z hududlaridagi fuqarolarga qayishadi. Lekin ba’zi hollarda moliyaviy imkoniyatlar bilan bog‘liq masalalar fuqarolar yig‘inlari tashabbuslarini cheklab qo‘yayotgan ham bo‘lishi mumkin. 

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Yakubov a’zo bo‘lgan ishchi guruhning faoliyatida aniqlangan shunday muammolar joyida hal etilmoqda. 

Tumandagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorning ijrosini ta’minlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda bartaraf etishga qaratildi. 

Ushbu mahallaning Al-Farg‘oniy ko‘chasida yashovchi Shahzoda Jo‘rayeva deputat bilan yuzma-yuz muloqotda turmush o‘rtog‘i uzoq yillardan buyon og‘ir betobligini, oladigan nafaqa puli, fuqarolar yig‘inining bir martalik moddiy ko‘magi turmush o‘rtog‘ining doimiy davolanishiga yetmayotganini ma’lum qildi. Ishchi guruh a’zolari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari bilan telefon orqali bog‘lanib, masala mohiyati tushintirildi. Fuqaroga ushbu masala bo‘yicha ko‘mak beriladigan bo‘ldi. 

Bundan tashqari, Roziya Abdullayeva hamda Shahzoda Jo‘rayevaning uy-joy bilan bog‘liq muammosi yuzasidan qilgan murojaatlari ham tuman hokimligi rahbariyatiga yetkazildi. 

Shuningdek, Chorvador ko‘chasidagi ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoga mutasaddilar e’tibori qaratilib, ushbu masala deputatlik nazoratiga olindi. 

Ayni paytda tumanidagi o‘rganishlar qizg‘in davom etmoqda. 


O‘zA
2 554