O‘zA O`zbek

08.02.2019 19:29 Chop etish versiyasi

Turkiyalik mashhur rejissyorning A.Navoiyga bagʻishlangan hujjatli filmi taqdimoti oʻtkazildi

Turkiyalik mashhur rejissyorning A.Navoiyga bagʻishlangan hujjatli filmi taqdimoti oʻtkazildi

BUGUNGACHA KOʻPLAB FILMLAR OLDIM, BIROQ BUNISINING OʻRNI BOʻLAK

Turkiyalik rejissyor Husayn Oʻzben tomonidan “Dunyo adabiyotining chinori” nomli hujjatli film suratga olingan.

Bugun ulugʻ mutafakkir bobomiz tavalludining 578 yilligiga bagʻishlab Alisher Navoiy nomidagi kino saroyda mazkur hujjatli filmning taqdimot marosimi oʻtkazildi.

– Filmda turkiy adabiyotning ulugʻ chinori, dunyo shoiri Alisher Navoiyning hayoti va ijodi turk hamda oʻzbek navoiyshunos olimlari tomonidan keng tarannum etiladi. Odatda har bir shoirning bitta devoni boʻladi. Alisher Navoiyning toʻrt devoni bor: Bolalik, Yoshlik, Balogʻat va Keksalik devoni. Navoiy tazkiralarida yuzlab shoir, adiblar tilga olingan. Bulardan 170 tasi turkiydir. Ilk bora 170 turkiyzabon adiblarining hayotini tushuntirgan Navoiy boʻldi. Bugungacha koʻplab filmlar oldim. Biroq bunisining oʻrni boʻlak. Shuning uchun filmni avval sizlarning eʼtiboringizga havola etishga ahd qildim. Bir necha kundan keyin Turkiyada premyerasi boʻlib oʻtadi, – deydi rejissyor Husayn Oʻzben.

Film ssenariy muallifi – professor Mehmet Oʻzturk, masʼul muharrir – Husayn Oʻzben, maslahatchilar – professor Mustafo Kochalin, professor Nodirxon Hasanov. Tarjimon – Abdumurod Tilavov, muharrir – Olimjon Davlatov.

Xurshid Qodirov, OʻzA
1 190