Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.11.2017 18:25 Chop etish versiyasi

Tuman sudining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Tuman sudining yangi binosi foydalanishga topshirildi Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida ma’muriy hamda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlari uchun qurilgan yangi bino foydalanishga topshirildi.

Barcha sharoitlarga ega ikki qavatli zamonaviy binoning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari vakillari, faxriy huquqshunoslar, tuman faollari, yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar odil sudlov va qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida sud-huquq tizimining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yangi sud binolari qurilmoqda, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda.

– Yangi qurilgan binoda ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar uchun alohida 2 sud zali, xodimlar va fuqarolarni qabul qilish xonalari zamonaviy usulda jihozlangan, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tumani sudi raisi X.Hotamov. – Bu kabi sharoitlar odil sudlov jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, fuqarolar uchun yanada qulayliklar yaratib, ularning vaqt va mablag‘ini tejashga xizmat qiladi.

Zamonaviy va milliy arxitektura ko‘rinishiga ega bino “Boysun omad qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 116






Все о погоде - Pogoda.uz