O‘zA O`zbek

13.07.2018 19:34 Chop etish versiyasi

“Toza hudud”–obodlikka xizmat qiladi

“Toza hudud”–obodlikka xizmat qiladi Navoiy viloyatida “Toza hudud” davlat unitar korxonasi Nurota tumani filialining yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.

– “Toza hudud” davlat unitar korxonasi va uning joylardagi filiallarida 10 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Adhamjonov. – Sohada zamonaviy metodlar qo‘llanilayotgani ish samaradorligini oshirmoqda. Mamlakatimizda tizimga qaratilayotgan doimiy e’tibor xodimlarni yanada g‘ayrat bilan ishlashga undamoqda. Shu o‘rinda aholining ham tozalikka munosabati o‘zgarayotganini alohida ta’kidlash lozim. Nurotada topshirilgan mazkur ma’muriy bino yurtimizda “Toza hudud” DUK uchun qurilgan inshootlarning dastlabkisidir. Kelajakda har bir filial o‘z binosiga ega bo‘ladi.

22.jpg

Mazkur obyekt 600 million so‘m mablag‘ evaziga “Ashraf” xususiy korxonasi tomonidan bunyod etildi. Tuman hokimi J.Hamroyev hududda ekologik va sanitar holatni yaxshilashga qaratilgan dasturlar xususida to‘xtalib, soha xodimlariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Bu kabi sa’y-harakatlar yurtimizda ekologiya va sanitariya muhitini yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlash, shahar va qishloqlarimizning yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qiladi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat) O‘zA
6 084