O‘zA O`zbek

03.03.2018 16:53 Chop etish versiyasi

“TOShShHARNUR” ko‘cha yoritgichlarida kuzatilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi

“TOShShHARNUR” ko‘cha yoritgichlarida kuzatilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi “TOShShHARNUR” davlat unitar korxonasi tomonidan 2018-yildan boshlab Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari, turar-joy mavzelari, mahalla ko‘chalaridagi mavjud eski rusumdagi yoritgichlarni jahon talablariga javob beradigan zamonaviy nurdiodli energotejamkor yoritkichlarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Yoritkichlarni yoqib-o‘chirish va nazorat qilish komputer tizimi yordamida markaziy dispetcherlik xizmati orqali olib boriladi. Buning natijasida ko‘cha chiroqlari uchun sarflanayotgan elektr energiyasidan yiliga 31 million Kvt tejaladi. Har bir mahalla, turar joy mavzelarida, ko‘chalarda chiroqlarning doimiy yonishi ta’minlanadi.

Barcha ishlar joriy yilning noyabr oyida tugatiladi. Ko‘cha yoritish tizimlarida sozlash-ishga tushirish ishlarini bajarish davrida yoritgichlarning o‘chib-yonishida vaqtinchalik nosozliklar yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olib, kuzatilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Telefon raqami: 232-20-20
Telegram messenjeri orqali: +998951962020
Веб-сайт: www.toshshaharnur.uz


“TOShShHARNUR” DUK ma’muriyati

Reklama huquqi asosida.


5 910