Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2018 18:41 Chop etish versiyasi

“Toshshaharnur” sudga bermoqchi: sizningcha kim haq? Jurnalistmi yoki tanqid qilingan tashkilot?

“Toshshaharnur” sudga bermoqchi: sizningcha kim haq? Jurnalistmi yoki tanqid qilingan tashkilot? Saytimizda 28.02.2018 sanasida e’lon qilingan “Toshkentning tungi sensatsiyalari yoki “Toshshaharnur” tungi jinoyatlarga sherikmi?” maqolasi jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi. Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilindi. Tahririyatimizga qo‘ng‘iroq qilgan o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Aksariyat sayt foydalanuvchilari maqolada ko‘tarilgan muammoni oqlab o‘z mahallalaridagi vaziyatlarni ham aytib o‘tdilar. Shuningdek, bu muammoga “Toshshaharnur” DUK ham o‘z munosabatini bildirdi. Tanqid ostiga olingan davlat unitar korxonasi maqoladagi jurnalist fikri va dalillarini asossiz, deb bilib unga raddiya e’lon qilishni so‘radi va aks holda sudga berishini ma’lum qildi.

photo5235852961513580760.jpg

21.02.18 Istirohat 

Quyida “Toshshaharnur” DUK tomonidan tahririyatimizga kelgan xatning aslini hamda maqola muallifi bo‘lgan jurnalistning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz. Sizningcha bu vaziyatda kim haq? Jurnalistmi yoki davlat unitar korxonasi? Ko‘chalar sizningcha yorug‘ edimi va yorug‘mi?

photo5235852961513580759.jpg

21.02.18 Istirohat ko'chasi

photo5258091322919725340.jpg

photo5258161189152729352.jpg

10.01.2018 Mannon Uyg'ur ko'chasi

photo5235852961513580758.jpg

21.02.18 Chorsu

photo5235852961513580753.jpg

21.02.18 Ibn-Sino 2 mavzesi

Fikr mulohazalaringizni kutib qolamiz.

Tahririyat

***

28 февраля 2018 года, на официальном сайте Национального информационного агентства Узбекистана www.uza.uz размещена статья под названием «Тошкентнинг тунги сенсациялари ёки «Тошшаҳарнур» тунги жиноятларга шерикми?», автором которой является Анора Содикова.

В вышеуказанной статье изложены недостоверные сведения, порочащие честь и деловую репутацию Государственного унитарного предприятия «Toshshaharnur».

Мнение автора статьи строится на основании мнения лиц, в частности «водителей такси», при этом нет ни одного подтверждающего факта обращения в соответствующие инстанции и учреждения, являющимися компетентными лицами в вопросах освещения улиц города Ташкента.

В соответствии с Законом Республики Узбекистан «О гарантиях и свободе доступа к информации», средства массовой информации обязаны проверять достоверность публикуемой информации и несут совместно с источником информации ответственность за ее достоверность. К тому же, Уголовным кодексом Республики Узбекистан предусмотрена уголовная ответственность за клевету в средствах массовой информации.

Также, в соответствии с Законом Республики Узбекистан «О защите профессиональной деятельности журналиста», журналист при осуществлении профессиональной деятельности обязан соблюдать законодательство, уважать права и свободы, честь и достоинство, проверять достоверность подготавливаемых материалов и предоставлять объективную информацию.
Однако, как следует из текста вышеупомянутой статьи, автор статьи не сочла нужным придерживаться установленных Законом норм.

Помимо этого, несмотря на имеющееся право обращения за получением сведений, автора статьи, сделав частные выводы, на основании сомнительных данных, наталкивает читателей информационного портала «УзА», на мнение о причастности ГУП «Toshshaharnur» к ночным преступлениям и авариям на дорогах Ташкента, выставляя предприятие виновником в совершенных третьими лицами преступлениях.

Вышеуказанная статья, не имеет ни одного официального подтверждения о представленной «якобы» статистике ДТП и правонарушений, происходящих на улицах города Ташкента, а строится исключительно на домыслах одного частного лица.

Учитывая вышеизложенное, в соответствии со статьёй 27 Закона Республики Узбекистан «О средствах массовой информации», настоятельно требуем опубликования опровержения на статью «Тошкентнинг тунги сенсациялари ёки «Тошшаҳарнур» тунги жиноятларга шерикми?» от 28 февраля 2018 года, опубликованную на официальном сайте Национального информационного агентства Узбекистана www.uza.uz, в течение двух рабочих дней с момента получения настоящего письма.

В противном случае ГУП «Toshshaharnur» будет вынуждено обратиться в судебные органы для защиты своих прав и законных интересов.


“Toshshaharnur” давлат унитар корхонаси
Директор С.С.Толипов






TANQIDIM O‘RINSIZMIDI..?

Bir necha yillik muammo, suratga olib o‘rgana boshlagan muddatdan hisoblasak 1-2 oydan buyon Toshkent shahar ko‘chalari (mashinalar qatnovi ko‘proq bo‘lgan) yaxshi yoritilmasligini, simyog‘ochlar asosan katta yo‘lning faqat bir tarafida yoki ikki-uch simyog‘och oralab bittasi yoritilishini kuzatdik. Bu vaziyat haydovchilarga qanchalik salbiy ta’sir etishini o‘rgandik. Ichki ishlar vazirligi tomonidan qorong‘uda sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalari foiz ko‘rsatkichi bilan tanishib yakuniy xulosa bilan “Toshshaharnur” o‘z ishiga ma’suliyatsizligi oqibatida tunda jinoyat va YTHlar ro‘y berishi nisbatan ko‘proq kuzatilayotganini tanqid qilib chiqdik.

Shundan so‘ng tahririyatga xat kelibdi. (Ilova qilinadi. Tahririyat.) Xatning antiqaligi shunda ediki, birinchi varaqda Toshkentning ayrim maqolada keltirilgan hududlari qorong‘uligi bo‘hton ekanligi va bu tuhmat uchun tashkilot sudga berishini iddao qilgan.

Қизиғи www.uza.uz сайтида “Toshshaharnur”нинг яна биир эълони ҳам яқинда чоп этилди. Унда Тошкент шаҳри симёғочлари ёритгичларида созлаш ишлари олиб борилаётгани ва бунинг оқибатида кўпгина кўчалар қоронғуликда қолиб кетаётганлиги қайд этилган.

Bu ikki varaq xatdan ham bizni quvontirgan ish ko‘chalardagi o‘zgarish bo‘ldi. So‘nggi kunlarda Toshkentning aynan maqolada qayd etgan hududlaridagi barcha simyog‘ochlar yoritila boshladi. Uzoq davom etayogan sozlash ishlari maqoladan keyin tezlashib nihoyasiga yetdi chog‘i.

AYBNI TAN OLISHDAN QO‘RQITISH OSONROQMI?

Xatda “Toshshaharnur” tungi jinoyatlarga sherikmi?” degan iddaoimiz uchun ular bizni sudga berishga haqli ekanligini eslatadi. Hamda maqoladagi Ichki ishlar vazirligining ma’lumoti ham shubhali ekanligini keltiradi. Biroq, qonunchilikda rasmiy tashkilot ma’lumoti uchun jurnalist javobgar emasligini aytib o‘tamiz va yana O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra sifatsiz bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun ijrochi ushbu Qonunning 20, 22, 27 29-moddalariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 15-modda mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi bo‘yicha “... o‘z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik” bo‘yicha javobgarlik borligini eslatib qo‘yishni istardik.

“Toshshaharnur” maqola orqali ularni obro‘sizlantirganimizni pesh qilmoqda. Ammo, u kimningdir otasidan qolgan xususiy korxona emaski, maqoladan so‘ng “obro‘sizlanib, zararga kirdik” deb bizga iddao qilsa. “Toshshaharnur” xalqqa xizmat qiluvchi vazirlik tasarrufidagi tashkilot shunday ekan xalqdan fikr olib yozilgan maqolani asossiz va tuxmat deyishga haqli emassiz. Qolaversa, demokratik jamiyatda fikr uchun sud qilmaydilar. Lekin, siz boshqalarga keltirayotgan zararingiz uchun sudlashish o‘rinlidir.

Ichki ishlar vazirligi xodimining ma’lumotlariga ko‘ra Toshkent ko‘chalarning to‘liq yoritilishi natijasida YTH va tunggi jinoyatlar 10-15 foizga kamayishi mumkin. Shu ko‘rsatkichni hisobga olgan holda yorug‘ ko‘chalardan umid qilib tashkilotni tanqid qildik. Maqsadimiz kimnidir kursisidan mahrum qilish emas, balki o‘z ishiga yanayam ma’suliyatli bo‘lishini so‘rash edi.

KURSINGIZDAN EMAS, ODAMLAR XAVFSIZLIGIDAN XAVOTIR OLING

Jurnalistlar oxirgi yillarda faqat xonandalarni tanqid qilib kelgani uchunmi, yuqori tashkilotlarning tanqidimizni hazm qilishlari oson bo‘lmadi. Biz “Toshshaharnur”ni korrupsiyada ayblaganimiz yo‘q yoki “chiroqlarni o‘chirib tejash evaziga pulni cho‘ntakka urayapti”, degan fikrga sha’ma qilmadik va bunga asosimiz ham yo‘q. Tungi qorong‘u shaharning aholiga noqulayligi-yu, jinoyatchilarga qulayligini aytdik halos. YTHlar bo‘yicha ma’lumotlarni osmondan olinmaganligimizni isbotlash uchun quyidagi faktlarni keltiramiz:

2018-yil 2-fevral
kuni Toshkent shahar bo‘yicha 5 ta YTH sodir bo‘lgan bo‘lib, ulardan 5 tasi qorong‘u tushgan vaqtga va yaxshi, to‘liq yoritilmaydigan tumanlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur YTHlar oqibatida 5kishi jabrlangan.

5-fevral kuni Toshkent shahri bo‘yicha 5 ta YTH sodir bo‘lgan va ularning 3 tasi qorong‘u vaqtga va voqea sodir bo‘lgan joyi maqolada keltirilgan tumanlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur avariya oqibatida 5 kishi jarohatlangan.

7-fevral kuni Toshkent shahri bo‘yicha 7 ta YTH sodir bo‘lgan va ulardan 5 tasi qorong‘uda kech tushgach aynan yaxshi yoritilmagan Sergeli, Yunusobod tumanlari ko‘chalarida sodir bo‘lgani qayd etilgan. Bu avariyalar oqibatida 2 kishi vafot etib, 5 kishi jabrlangan.

Yuqorida keltirilgan yo‘l transporti hodisalarida haydovchilarning hushyor bo‘lgani yo‘l patrul xizmatchisi tomonidan qayd etilgan. Albatta, bu YTHlarning yagona sababchisi qorong‘ulik deyishdan yiroqmiz. Biroq, IIB ma’lumotiga ko‘ra qorong‘ulik ham ma’lum ma’noda haydovchiga noqulaylik tug‘diradi.

Bu kabi dalillarni yana xohlaganingizcha taqdim etishimiz mumkin. Maqolada to‘plagan dalil va faktlarning bir kichik bo‘lagi keltirilgandi. 

Agarda qorong‘uda ko‘chani kesib o‘tish oqibatida yo‘l transport hodisasiga uchrab nogiron bo‘lib qolgan fuqarolar ayblovini, fuqarolarning ko‘chalar qorong‘u bo‘lgani sabab farzandining kech o‘qishdan qaytishidan xavotir olishini, xilvat joyda farzandlarining mushtlashgani, qorong‘uda o‘g‘irlik sodir bo‘lgandan jabrlanganlar fikrlarini, ayrim mahallalarda hali hamon simyog‘ochlarning avariya holatida ekani kabi o‘nlab dalil va faktlarni ham keltirishimiz mumkin edi.

Muhimi “Toshshaharnur” yoddan chiqqan ko‘chalarni yoritishni boshladi. Tanqid nishonga tegdi. Shunday bo‘lsa-da mazkur masalani omma muhokamasiga qo‘yilishini istayman. Zero, kim xaq, kim nohaq ekanini jamoatchilikning o‘zi xulosa chiqarsin.

Anora Sodiqova, jurnalist
8 795