Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 11:54 Chop etish versiyasi

Toshkentda «Tinchlik qo‘ng‘irog‘i» chalindi

Poytaxtimizdagi Do‘stlik bog‘ida 21-sentabr – Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda do‘stlik jamiyatlari, milliy madaniy markazlar rahbarlari, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diplomatik korpus vakillari, keng aholi qatlami, yoshlar ishtirok etdi.

BMT tashabbusi bilan qabul qilingan Xalqaro tinchlik kunida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida «Tinchlik qo‘ng‘irog‘i» chalinishi yaxshi an’anaga aylangan. Poytaxtimizda chalingan tinchlik qo‘ng‘irog‘i mamlakatimizda humron tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, turli millat vakillarining ahilligi, hamjihatligi, ularning tinchlikparvarligi ramzi sifatida bong urdi.

Tadbirning batafsil tafsilotini o‘qish uchun saytimizni kuzatib boring.

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA
1 498






Все о погоде - Pogoda.uz