Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.09.2017 16:29 Chop etish versiyasi

Toshkentda Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Mirobod tumanidagi Sharof Rashidov nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini va 110-maktab hamkorligida tashkil etilgan tadbirga mehnat faxriylari, nuroniylar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, o‘quvchilar taklif etildi.
 
  Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning jonajon diyorimiz ravnaqiga betimsol hissa qo‘shgan Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlashga doir tashabbusi xalqimiz tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda.
 
Sh.Rashidov O‘zbekistonning rivoji, xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilgan inson sifatida yurtdoshlarimiz mehrini qozongan. Uning ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, ta’lim-tarbiya, ma’rifat jabhalari, ayniqsa, 1966-yil Toshkent zilzilasi oqibatlarini bartaraf etishdagi ezgu sa’y-harakatlarini katta avlod vakillari hurmat va ehtirom bilan yodga oladi. Ayni paytda Sharof Rashidov ijodkor sifatida samarali faoliyat ko‘rsatgani bilan ham qadrlidir. Adib asarlarining qahramonlari halol, fidoyi, mehnatsevar, kamtarinligi bilan o‘quvchida alohida taassurot qoldiradi.
 
Tadbirda davlat arbobi va yozuvchi hayoti, faoliyati xususida so‘z yuritildi, xotirasi yod etildi.                                                             

Nazokat Usmonova, O‘zA
3 207






Все о погоде - Pogoda.uz