O‘zA O`zbek

13.04.2019 13:03 Chop etish versiyasi

Toshkentda Qozogʻiston ramzi “Oltin odam” namoyish etilmoqda

Toshkentda Qozogʻiston ramzi “Oltin odam” namoyish etilmoqda

Avval xabar berilganidek, mazkur haftada Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida “Buyuk dasht: tarix va madaniyat” nomli koʻrgazma ochildi.

Koʻrgazmaning asosiy maqsadi sanʼat va madaniyat ixlosmandlarini Qozogʻistonning boy tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirishdan iborat boʻlib, Unda Qozogʻiston Respublikasi ramzi hisoblangan “Oltin odam” namoyishga qoʻyilgan.

photo_2019-04-13_13-49-52.jpg

1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshida Olmaota shahri atrofida arxeologik qazish ishlari olib borilgan. Issiq qoʻrgʻonda tadqiqot olib borayotgan Kemal Akishev tomonidan Saklar shohi “Oltin odam” qoldiqlari topildi. Bu topilma oʻz navbatida Qozogʻiston ramziga aylandi. Noyob topilma “Qozoq Tutanxamoni” deb atala boshlandi hamda asrning yirik kashfiyoti deb tan olindi.

“Oltin odam” koʻrgazmasi bugungi kunda Rossiya, Xitoy, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Koreya va Tatariston Respublikalarida namoyish etilgan. Bu mamlakatlarda boʻlib oʻtgan koʻrgazmalarga bir milliondan ortiq tomoshabin tashrif buyurgan. 2020 yil oxirigacha koʻrgazma dunyoning 20 mamlakatida namoyishga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida boʻlib oʻtayotgan koʻrgazmada “Oltin odam”ni tilla bezaklar bilan bezatilgan kiyimda, tilla oʻqlar, qor qoplonlari, arxarlar, otlar, qushlar koʻrinishidagi oltin plastinalar bilan bezatilgan konus shaklidagi bosh kiyimda koʻrish mumkin. Shuningdek, (arxeologlar fikricha 17-18 yoshlarda boʻlgan) sak jangchisi Oltin odam bilan birga dafn qilingan erta temir davriga (mill.avv.V-IV asrlar) oid arxeologik topilmalar toʻplami ham joy olgan.

photo_2019-04-13_13-49-48.jpg

OʻzA
2 250