Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.06.2018 16:18 Chop etish versiyasi

Toshkent viloyatidagi oromgohlarga qoraqalpog‘istonlik 200, xorazmlik 450o‘g‘il-qiz kuzatildi

Toshkent viloyatidagi oromgohlarga qoraqalpog‘istonlik 200, xorazmlik 450o‘g‘il-qiz kuzatildi Toshkent Janubiy vokzalida qoraqalpog‘istonlik 200, xorazmlik 450o‘g‘il-qiz tantanali kutib olinib, Toshkent viloyatining Parkent va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi “Boychechak” hamda “Mehrjon” oromgohlariga kuzatildi.

Bu yil yozgi mavsumda mamlakatimizdagi 1 ming 313 bolalar oromgohida 300 mingdan ortiq bolalar mazmunli hordiq chiqarib, sog‘lomlashtiriladi. Ayni kunlarda hududlardagi barcha oromgohlar maxsus jadval asosida o‘g‘il-qizlarni qabul qilmoqda.

– Yozgi ta’tilni “Boychechak” oromgohida o‘tkazishimdan xursandman, – deydi Nukus shahridagi 11-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Eldorbek Nazarboyev. – Yangi do‘stlar bilan tanishib, vaqtimizni mazmunli, esda qolarli taassurotlarga boy tarzda o‘tkazishga ishonamiz.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda Toshkent viloyatidagi 19 statsionar oromgohga 15 ming 722 nafar, Orolbo‘yidan keladigan 1 ming 760 nafar bolalar, shuningdek, o‘quv muassasalarida tashkil etilgan kunduzgi dam olish maskanlariga 17 ming 770 o‘quvchi jalb etiladi. Kasb-hunar kollejlarining 700 nafar o‘quvchilari uchun 10 ta “Mehnat va dam olish” sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyati tashkil etilgan.

Ta’tilda bolalarning miriqib dam olishi uchun qiziqarli madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari o‘tkaziladi. Taniqli ijodkorlar bilan uchrashuvlar, turli tanlovlar va tabiat qo‘yniga sayohatlar uyushtiriladi.

Abdulaziz Musayev, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
2 849