Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.09.2017 19:25 Chop etish versiyasi

Toshkent viloyatida joriy yoz mavsumida 21 statsionar va 160 kunduzgi oromgohda 34 mingdan ziyod bola sog‘lomlashtirildi

Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida o‘tkazilgan bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotlari anjumanida bu haqda ma’lumot berildi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda yoz mavsumida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, bu borada faollik ko‘rsatgan tashkilotlar, tashkilotchilar, namunali xizmat ko‘rsatgan oromgohlar va xodimlar rag‘batlantirildi.

– Hududdagi korxona-tashkilotlarda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun 10 “Mehnat va dam olish” oromgohi tashkil etilib, mingga yaqin yoshlar jalb etildi, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Sh.Sobirov. – Orolbo‘yi mintaqasidan 1 ming 250 nafar o‘quvchi Toshkent viloyatining “Boychechak” va “Mehrjon” oromgohlarida sog‘lomlashtirildi.

Bugungi kunda oromgohlar yoshlar nafaqat bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazadigan maskan, balki ularni jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlantirish markaziga aylandi. Mavsum davomida oromgohlarda o‘tkazilgan “Mustaqillik mening taqdirimda”, “O‘zbekiston – baxtiyor bolalar mamlakati”, “Kasaba uyushmalari – bolalarga” kabi turli tadbir va aksiyalar o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish bilan birga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Forum doirasida yozgi dam olish oromgohlarida faoliyat olib borgan to‘garaklar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 380






Все о погоде - Pogoda.uz