Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.04.2018 22:39 Chop etish versiyasi

Toshkent viloyati YHXB ogohlantiradi: 26 mingdan ziyod avtomobil jarima maydoniga qo‘yilishi mumkin

Toshkent viloyati YHXB ogohlantiradi: 26 mingdan ziyod avtomobil jarima maydoniga qo‘yilishi mumkin Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 16-fevralidan Toshkent viloyatining M-39 "Toshkent – Termiz" avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari hududiga o‘rnatilgan fotoradarlar to‘laqonli ishlamoqda.

Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmatining O‘zAga xabariga ko‘ra, bugungi kunda 35 mingdan ziyod belgilangan tezlikni oshirgan transport vositalari qayd etildi.

Qoidabuzar 8 ming 480 nafar haydovchi qonunda belgilangan tartibda jarimalarini o‘z vaqtida to‘ladi.

Viloyat YHXB tomonidan o‘z vaqtida jarimani to‘lamagan haydovchilarga nisbatan maxsus tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tadbirda 60 kun ichida jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilar avtomashinasi jarima maydoniga qo‘yilishi nazarda tutilgan.

O‘zA
3 614