Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 19:23 Chop etish versiyasi

Toshkent viloyati kardiologiya dispanserining qayta ta’mirlangan yangi binosi foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyati kardiologiya dispanserining qayta ta’mirlangan yangi binosi foydalanishga topshirildi O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent viloyati kardiologiya dispanserining qayta ta’mirlangan yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tibbiyot xodimlari, tuman faollari ishtirok etdi.

5.JPG

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

4 (1).JPG

Prezidentimizning joriy yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizdagi barcha ixtisoslashgan tibbiyot markazlari, davolash muassasalari faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

12.JPG

“STANIUM Plus” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 2,3 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan 3 qavatli viloyat kardiologiya dispanserida bemorlarni qabul qilish, laboratoriya, 90 o‘rinli statsionar davolash xonalari, dorixona, fizioterapiya, rentgenografiya bo‘limlari zamonaviy jihozlangan.

– Muassasamizda 8 nafar malakali shifokor, 31 o‘rta tibbiy xodim hududdagi 18 yoshdan oshgan aholiga xizmat ko‘rsatadi, – deydi Toshkent viloyati kardiologiya dispanseri bosh shifokori F.Farmonov. – Bu yerda o‘tkir miokard infarkti, yurak-ishemik, surunkali yurak revmatik kasalliklari va shu kabi 10 dan ortiq turdagi xastaliklarga chalingan bemorlar davolanadi. Shuningdek, barcha tuman va shahar poliklinikalarida maxsus kardiologik xonalar tashkil etilgan bo‘lib, unda malakali shifokorlar tomonidan aholi salomatligi tekshiriladi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
702






Все о погоде - Pogoda.uz