O‘zA O`zbek

23.05.2018 20:08 Chop etish versiyasi

Toshkent Shahridagi Inha universiteti talabalari shartnoma pulining bir qismi to‘lab beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahridagi Inha universitetida tahsil olayotgan talabalar shartnoma pulining bir qisminito‘lab beradi.

Ta’lim muassasasi rahbari S.Boboxo‘jayevning aytishicha, bugungi kunda mamlakatimiz axborot texnologiyalar bozorining yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji yuqori bo‘lgani bois, muassasa o‘z talabalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirib, ularning ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilmoqda.

2017-2018 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Inha universitetida ta’lim puli “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishida 21,05 million so‘m, “Logistika” yo‘nalishida 22,1 million so‘mni tashkil etdi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, yangi o‘quv yilida shartnoma puli yana oshiriladi hamda “Kompyuter va dasturiy ijiniring” yo‘nalishida 28,5 million so‘m, “Logistika” yo‘nalishida 30 million so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan mingdan ortiqikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqich talabalari ta’lim pulini eski narxda to‘laydi, belgilangan yangi narxlarning oshgan miqdorini vazirlik qoplaydi.

Ushbuqaror O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining axborot texnologiyalari bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni tayyorlash tizimini isloh qilishga oiddasturi doirasida qabul qilindi. Dastur axborot texnologiyalari sohasi uchun maktab yoshidan oliy ta’lim olishgacha bo‘lgan vaqtda kadrlarni tayyorlashbo‘yicha yagona tizimni yaratishni nazarda tutadi. Bu borada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariyo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi. Matematika, fizika, informatika va xorijiy tillarni chuqur o‘qitish hamda o‘quvchilarda dasturlash, ma’lumotlar bazasi va axborot xavfsizligini yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish maktabning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Shuningdek, o‘rta maxsus ta’limi sifatini yanada yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda sakkizta kasb-hunar kollejlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda ushbu ta’lim muassasalari uchun zarur o‘quv dasturlari va bu yerda tayyorlanadigan mutaxassislarga bo‘lgan talablar ko‘rib chiqilmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti tizimining joriy etilishi mamlakatimiz axborot-texnologiyalari sohasida ta’limni rivojlantirishda yangi qadam bo‘ladi. Bunda talabalarning o‘zi fanlarni tanlash imkoniga ega bo‘ladi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
3 301