O‘zA O`zbek

16.08.2018 12:12 Chop etish versiyasi

Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi

Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi

Prezidentning 2018-yil 15-avgustda “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2018-yil 15-avgustdan 2019-yil 15-avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperiment o‘tkazilishi belgilandi.

Farmon bilan eksperiment o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilib, Toshkent shahar hokimining yer uchastkalari ajratish, davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish va ijaraga berish bo‘yicha qarorlarini qabul qilish uchun kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish masalasini kelishish va ma’qullash ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Eksperiment doirasida Toshkent shahar hokimligi tomonidan har hafta investor kuni o‘tkazilishi joriy etildi.

Shuningdek, Farmonga muvofiq, foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini o‘z balansida saqlovchilar Toshkent shahar hokimligi so‘rov jo‘natgan vaqtdan keyin bir oy muddatda obyektdan samarali foydalanish takliflarning taqdim etilmaganligi foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini investitsiya kelishuvi asosida realizatsiya qilish yoki berish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

O‘zA
1 771