Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.02.2018 19:14 Chop etish versiyasi

Toshkent shahrida 24-25 fevral, 3-4, 10-11-mart kunlari “Ozodalik kuni” deb e’lon qilindi

Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish asnosida aholi turar joylarini obodonlashtirish, poytaxtning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Toshkent shahar hokimi farmoyishga ko‘ra joriy yilning fevral-mart oylarida obodonlashtirish, tozalik oyligi hamda 24-25 fevral, 3-4, 10-11-mart kunlari “Ozodalik kuni” deb e’lon qilindi.

Obodonlashtirish, tozalik oyligini hamda “Ozodalik kuni” hasharini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzilib, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Farmoyishda Toshkent shahar xalq ta’limi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda shanba va yakshanba kunlari o‘tkaziladigan “Ozodalik kuni”ni ko‘p qavatli uylar atrofida targ‘ib qiluvchi va yoshlarni chorlovchi shiorlar bilan ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.


4 966