Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.01.2018 12:08 Chop etish versiyasi

Toshkent shahrida 2017-yilda nechta yangi avtobus yo‘nalishi ochildi?

Toshkent shahrida 2017-yilda nechta yangi avtobus yo‘nalishi ochildi? Toshkent shahrida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan katta sig‘imli 50 dona “MAN” rusumli, o‘rta sig‘imli 140 dona “ISUZU” rusumli avtobuslar xarid qilinib, yo‘nalishlarga chiqarilgan.

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Jo‘rayevning ta’kidlashicha, 2017-yilning iyun oyida yo‘nalishlarga o‘rtacha 832 dona avtobus chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib shahardagi avtobus yo‘nalishlariga kuniga mingdan ortiq avtobuslar chiqarilmoqda.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, aholining istaklari va yo‘lovchi oqimini o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda 2017-yilda poytaxtda 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochilgan.

O‘zA
8 276