Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.11.2017 12:04 Chop etish versiyasi

Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida “Qizlarjon” klubi tashkil etildi

Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litseyda faoliyat boshlagan mazkur klubning ochilishiga faol xotin-qizlar, mahalla fidoyilari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, qizlar taklif etildi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 30 iyun kuni yoshlar qurultoyida qizlar tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib, ular bilan faol ish olib borish kerakligini ta’kidladi.

Yurtimizning barcha mahallalarida, ta’lim maskanlarida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan "Qizlarjon" klublari tashkil etilmoqda. Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litseyda ish boshlagan mazkur klub ham ma’lum bir mehnat turi bilan band bo‘lmagan, ayniqsa, ijtimoiy faolligini namoyon eta olmayotgan xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Klub 7 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh xotin-qizlarni ixtiyoriy ravishda birlashtirib, ularning ezgu maqsadlar yo‘lida faolligini oshirish, kasb-hunar egallashi uchun sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordamlashadi.

Klubning mashg‘ulot va yig‘ilishlari bir necha yo‘nalishlarda tashkil etilib, ishtirokchilarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, uzluksiz ta’lim, yuksak ma’naviyat va milliy madaniyat targ‘iboti, ijtimoiy faollikni oshirish, to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish, ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
3 207






Все о погоде - Pogoda.uz