O‘zA O`zbek

16.05.2018 12:36 Chop etish versiyasi

Toshkent shahar hokimligida qator tayinlov

Toshkent shahar hokimligida qator tayinlov
Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishdaAripov Kaxramon Tursunovich Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Karimov Feruz Farxadovich Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari, Mirxidoyatov Toxir Sharapovich “Suvsoz” Davlat unitar korxonasi boshqaruvchisietib tayinlandi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Aripov Kaxramon Tursunovich O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari,Karimov Feruz FarxadovichToshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi bosh mutaxassisi,Mirxidoyatov Toxir Sharapovich “Toshkent agro zaxira xizmat” Davlat unitar korxonasi direktori sifatida faoliyat olib borgan.

bcf18c74-b1a6-4231-96e3-85892d0d5ba0.jpgAripov Kaxramon Tursunovich 1968 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Moliya Institutini 1995 yilda tamomlagan. 2002-2005 yillarda Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2005-2007 yillarda “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2007-2016 yillarda “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi, 2017-2018 yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari, lavozimlarida ishlagan.




5423b0cf-b97b-4cf4-b683-39b2aaac0ae9.jpgKarimov Feruz Farxadovich 1987 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent islom universitetini 2008 yilda tamomlagan. 2008-2009 yillarda Oliy Majlisi Senati devonining moddiy-texnika ta’minot bo‘limi texnigi, 2011 - 2017 yillarda - Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi 1-toifali mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.








f1815b56-7de9-4500-8fc1-800ef5e84a4b.jpgMirxidoyatov Toxir Sharapovich 1960 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini 1982 yilda tamomlagan. 2003-2012 yillarda “Suvsoz” Davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi, 2012-2015 yillarda Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti boshlig‘i, 2015-2017 yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimilavozimlarida ishlagan.

O‘zA
3 945