Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.03.2018 13:04 Chop etish versiyasi

Toshkent davlat agrar universitetida bitiruvchilar uchun “Karera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari axborot-tahlil departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlarning takliflari asosida tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasini o‘tkazishdan asosiy maqsad, qishloq xo‘jaligi, sanoat, servis, xizmat ko‘rsatish va ta’lim sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlab, bitiruvchilarni ishga joylashtirish hamda iqtidorli, qobiliyatli bitiruvchilarni kasbga, ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etishdir.

Universitetni bu yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 1354 nafar, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 97 nafar bitiruvchi tamomlamoqda.

Universitetda tahsilni yakunlayotgan bitiruvchilarning o‘z viloyatida ish boshlashi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ular mutaxassisligi bo‘yicha tashkilotlar bilan shartnoma tuzdi.

Mehnat yarmarkasi ikki qismda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda vazirlik, idora, uyushma, qo‘mita, korxona, tashkilot, muassasalar, banklar va fermer xo‘jaliklarining mutaxassislari va bitiruvchilar ishtirokida mehnat yarmarkasi bo‘ldi. Ikkinchi qismda bitiruvchilar viloyatlarga bo‘lingan holda boshqarmalar tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzdi.

– Mutaxassisligim bo‘yicha yaxshi taklif chiqqanidan xursandman, – deydi universitetning ipakchilik yo‘nalashi bitiruvchisi Bobur Ikromov. – “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan shartnoma tuzdim. Bu yo‘nalishda samarali natijalarga erishishga harakat qilaman.

Yarmarka davomida ish beruvchi tashkilot va bitiruvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolandi.

Barno Meliqulova, O‘zA
5 136