Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.05.2018 14:22 Chop etish versiyasi

Tomorqa – koni foyda

Tomorqa – koni foyda
Navoiy viloyati Karmana tumanining Jaloyir qishlog‘i Gurda mahallasida yashovchi Eshpo‘lat Farmonov oilasi o‘z tomorqasida 3 sotixli mo‘jazgina issiqxona tashkil etgan.

Issiqxonadan kelayotgan daromad ro‘zg‘or to‘kinligini ta’minlamoqda. Oilaning olti farzandi ham yerdan omilkorlik bilan foydalanishni yaxshi biladi.

Allon mahallasida istiqomat qiluvchi Ra’no Davlatova ayol boshi bilan 7 sotix tomorqasini “gullatib” qo‘yganini ko‘rib, hayratlanadi kishi. U 2 sotix yerda 3 yildan buyon qulupnay yetishtiradi.

–O‘tgan yili qulupnaydan 2 million so‘m daromad oldik, – deydi Ra’no opa. – 4 sotix maydonda sarimsoq piyoz yetishtiramiz. Qolgan ekin maydonimizda sabzi parvarishlanmoqda.

2 (1).JPG

Gurda mahallasida yashovchi Anvar Rasulov esa bedanachilik kamxarajat, biroq serdaromad soha ekanini o‘z faoliyatida namoyon etdi.

–Bir yildan buyon bedanachilik bilan shug‘ullanaman, – deydi Anvar aka. 1000 ta bedana kuniga 800 dona tuxum beradi. Bir oyda 5,5 million so‘m daromad qilayotgan bo‘lsam, uning 3 millioni sof foydadir.

Xonadon sohibi shuningdek, broyler tovug‘i parvarishlashni ham yo‘lga qo‘yib, el dasturxonini parhezbop go‘sht mahsuloti bilan ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.

4.JPG

8.JPG

10.JPG

Siroj Aslonov (surat) O‘zA
1 516