O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Tojikiston Respublikasida joriy yilning 11-15 noyabr kunlari O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida bir qator madaniy tadbirlar va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Dastur asosida 12 noyabr kuni Tojikiston madaniyat vaziri va O‘zbekiston madaniyat vazirining rasmiy uchrashuvi hamda O‘zbekiston madaniyati kunlarining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tadi.

Delegatsiya a’zolari 13 noyabr kuni Tojikiston madaniy meros ob’ektlari bilan tanishib, Tojikiston Maqom akademiyasiga tashrif buyuradi. 14 noyabr kuni esa yangilanayotgan O‘zbekiston ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Madaniy tadbirlar, milliy liboslar namoyish etiladi. Madaniyat kunlarining tantanali yopilishi marosimi o‘tkaziladi.

Madaniyat vazirligi
matbuot xizmati

425
O‘zA