Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2018 16:02 Chop etish versiyasi

To‘rtinchi sektor ishi qoniqarlimi?

Samarqand shahar Farhod qo‘rg‘onida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i mas’ul bo‘lgan to‘rtinchi sektor faoliyati misolida ushbu savolga javob izlandi.

– Sektor hududini samarali boshqarish maqsadida Farhod, Kimyogarlar va So‘lim qo‘rg‘onlarida okrug (shtab)lar tashkil etilgan, – deydi Samarqand shahridagi 4-sektor rahbari N.Namozov. – O‘tgan yil sentabrda tasdiqlangan uyma-uy yurish jadvali asosida mahallalardagi 7 ming 400 dan ortiq xonadon, 22 ijtimoiy soha obyektida o‘rganishlar o‘tkazildi. Ushbu jarayonda 40 yo‘nalishdagi 8 ming 114 muammoning 1 ming 362 tasi yoki 17 foizi 2017-yilda bartaraf etildi. 6 ming 752 masala 2018-yil “yo‘l xaritasi”ga kiritilgan. Joriy yil boshidan buyon sektor rahbari nomiga 62 fuqarodan murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 22 tasi hal etildi. 40 murojaat tegishliliga ko‘ra mutasaddi idoralarga yuborildi. Jamoatchilik e’tibori va nazoratini taqozo etadigan ayrim masalalar xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilmoqda.

Sektor rahbariyatiga murojaat qilgan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga homiylar ko‘magida moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
4 071