Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.10.2017 19:44 Chop etish versiyasi

To‘lov intizomini buzmang, aks holda...

Mamlakatimizda sud tizimini tubdan isloh qilish, sudni adolat qo‘rg‘oniga aylantirish, umuman, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan edi.

Mazkur byuro zimmasiga energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-taroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish, shuningdek, sud hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash kabi vazifalar yuklangan.

Bugun Majburiy ijro byurosi bo‘limlari tomonidan jarimalarni undirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jarimalarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda sudlarga taqdimnomalar kiritilib, sud tomonidan avval tayinlangan jazoning jarima to‘lash turini boshqa og‘irroq turiga almashtirish choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudi hamkorligida jarimalarning undiruvlari bo‘yicha sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Unda jarimalarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan bir necha fuqaroning ishi ko‘rib chiqildi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan fuqaro Rustam Raimqulovga Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudining 2017-yil 28-apreldagi hukmi bilan jarima to‘lash jazosi tayinlangan edi. Tuman Majburiy ijro bo‘limi xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishlarga qaramay fuqaro tomonidan ushbu jarima shu kungacha to‘liq to‘lanmagan.

Jarima 5 oy davomida to‘liq to‘lanmaganligi tufayli sayyor sud tomonidan R.Raimqulovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan 1 yilu 1 oy 15 kun muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilandi.

Mamlakatimizda qonun ustuvor ekani va har bir jinoyatga jazo muqarrarligini hech bir fuqaro unutmasligi lozim.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
2 568






Все о погоде - Pogoda.uz