Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.06.2018 16:34 Chop etish versiyasi

To‘lov amalga oshirilib, shartnoma muddati tugagan bo‘lsa-da, negadir “Nexia-3”dan darak bo‘lmadi

To‘lov amalga oshirilib, shartnoma muddati tugagan bo‘lsa-da, negadir “Nexia-3”dan darak bo‘lmadi
Bugun mamlakatimizda aholini qiynayotgan masalalarni tezkorlik bilan hal etish, xalq dardiga sherik bo‘lib, tashvishlarini aritish har bir rahbar, har qaysi mutasaddi shaxsning muhim vazifalaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy birlashmalari, tuman va shahar jamiyatlari tomonidan hech bir murojaat e’tiborsiz qolayotgani yo‘q. Zero, bugun tizim xodimlari “Iste’molchilar manfaatlari har narsadan ustun” degan tamoyil asosida o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda.

Joriy yilning 11-iyun kuni Zarafshon shahri 11-kichik tuman 12-uy, 99-xonadonda yashovchi Feruz Ergashov Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga qilgan og‘zaki murojaati Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi.

Murojaatda fuqaroning Navoiy shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Navoiyavtotexxizmat” korxonasiga “Nexia-3” rusumli yengil avtomashina uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirgani, ammo shartnoma muddati tugagan bo‘lishiga qaramasdan hanuzgacha avtomashinani ololmayotganligi qayd etilgan.

Jamiyat xodimlarining aralashuvi natijasida 13-iyun kuni fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi. F.Ergashev qisqa muddatda yangi yengil avtomashinaga ega bo‘ldi.

O‘zA
1 422