Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.04.2017 17:48 Chop etish versiyasi

“Tinchlik posbonlari” jamoasi mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi

Nukusda “Yosh chegarachilar” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida jismonan sog‘lom, intellektual salohiyatli avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

– Bunday tadbirlar yosh avlodda Vatan himoyachisi bo‘lishdek sharafli kasbga mehr uyg‘otish, yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash uchun mas’uliyatni kuchaytirish, ularni harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirish uchun ruhan va jismonan tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi bo‘lim boshlig‘i M.Mambetov. – Tanlovda jamoalar 12 shart bo‘yicha nazariy va amaliy bilimini namoyish etdi.

Xo‘jayli agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejining “Tinchlik posbonlari” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Shumanay agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejining “Qalqon”, uchinchi o‘ringa Qo‘ng‘irot tibbiyot kollejining “Posbonlar” jamoalari sazovor bo‘ldi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
2 831






Все о погоде - Pogoda.uz