Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.01.2018 11:26 Chop etish versiyasi

Tinchligingga jonim fido, muqaddas Vatan!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Tinchligingga jonim fido, muqaddas Vatan!» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

– Mustaqillik yillarida Qurolli Kuchlarimiz tashkiliy va tarkibiy jihatdan zamon talablari darajasida takomillashdi, – deydi universitet axborot xizmati rahbari To‘lqin Eshbekov. – Harbiy sohada kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun yuksak aql-zakovat va yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlarni aniqlash hamda ularning munosiblarini tanlab olishga talab oshirildi. Jumladan, O‘zMU harbiy tayyorgarlik kafedrasida ham har yili o‘nlab talabalarning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi oshirilib, harbiy soha sirlari puxta o‘rgatilmoqda. Mintaqaviy bo‘linmalar nafaqat harbiy qism va muassasalarda, shu bilan birga, keng jamoatchilik o‘rtasida, mahalla va qishloqlarda yoshlarimizning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bilan shug‘ullanmoqda.

Tantanali tadbirda Vatanimiz sarhadlari daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishda o‘z jonini fido qilgan mard jangchilarning oila a’zolariga, universitet harbiy tayyorgarlik kafedrasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan zobitlarga, bir guruh faxriylar va faol talabalarga esdalik sovg‘alari berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
10 173