Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.09.2017 20:07 Chop etish versiyasi

Tinchligimiz himoyachilari

Toshkent harbiy okrugi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi hamkorligida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni L.Buzrukov, Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Sh.Olimov va boshqalar istiqlol yillarida armiyamiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida milliy armiyamizni professional asosda shakllantirish, qo‘shinlarni modernizatsiya qilish va ularni eng yangi qurol-yarog‘ hamda texnika bilan ta’minlash, harbiylik kasbining nufuzini oshirishga erishildi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarixan qisqa davrda murakkab shakllanish yo‘lini bosib o‘tib, bugungi kunda zamonaviy talablarga har tomonlama javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etayotgani barchamizga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini saqlash, xalqimiz turmush farovonligini ta’minlash hamda erishayotgan muvaffaqiyatlarimizda Qurolli Kuchlarimizning ham salmoqli hissasi bor. Zero, istiqlol yillarida sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida armiyamiz yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi, hududiy yaxlitligining ishonchli kafolatiga aylandi.

Tadbirda Toshkent harbiy okrugida fidokorona xizmat qilayotgan bir guruh harbiylar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
3 042






Все о погоде - Pogoda.uz