Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.04.2017 12:48 Chop etish versiyasi

Tibbiy yordam takomillashmoqda

Tibbiy yordam takomillashmoqda Mamlakatimizda aholiga davlat tomonidan kafolatli bepul tibbiy yordam berishni ta’minlaydigan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi yaratilgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududiy filiallari, shuningdek,  туман (shahar) tibbiyot birlashmalari huzurida shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari aholi salomatligi yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari va ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 16 martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni tibbiyotning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan shoshilinch tibbiy yordam tizimidagi islohotlarni davr talabi va aholi ehtiyojidan kelib chiqib yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.

Mazkur hujjatda shoshilinch tibbiy yordamning zamonaviy, yuqori texnologik va samarali tizimini shakllantirishning ustuvor vazifalari belgilab berilgan. Jumladan, joriy yilda 1 ming 200 ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi sotib olish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati, xususan, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari avtoparkini yangilash ko‘zda tutilgan.

Mazkur farmonga muvofiq, Qashqadaryo viloyatidagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlariga 40 dona yangi “Damas” ambulans mashinasi ajratildi. Bu hududda aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish qamrovi va sifatini yanada oshirish imkonini beradi.
 
– Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yildan-yilga yuksalib bormoqda, – deydi Qarshi tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Tillayev. – Belgilangan dastur asosida o‘tgan yili 4 filial tashkil etilgan bo‘lsa, Prezidentimizning “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Saroy, Hilol, Kamandi qishloqlarida 3 filial faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yangi “Damas” ambulans mashinasi bilan ta’minlandi. Bu aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash imkonini beradi. Bo‘limda va filiallarda tunu kun uzluksiz navbatchilik tashkil etilgan.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
478






Все о погоде - Pogoda.uz