Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 18:01 Chop etish versiyasi

Tibbiy xizmat sifati takomillashmoqda

Tibbiy xizmat sifati takomillashmoqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filialida jarrohlik, pediatriya, neyroxirurgiya, ginekologiya, toksikologiya, travmatologiya kabi 19 bo‘lim faoliyat ko‘rsatmoqda. 1 ming 100 tibbiyot xodimi aholi salomatligi uchun mas’ul.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shifokorlarning bilim va tajribasini doimiy ravishda oshirib borish, ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga izchil tatbiq etish alohida e’tiborda.

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
2 693






Все о погоде - Pogoda.uz