Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 21:20 Chop etish versiyasi

Tibbiy madaniyat bolalikdan shakllanadi

Tibbiy madaniyat bolalikdan shakllanadi Mirobod tumanidagi 110-umumta’lim maktabida O‘zbekiston stomatologlar uyushmasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan xayriya tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston stomatologlar uyushmasi raisi A.Hasanov, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori J.Rizayev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda joriy yil 5-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

24.JPG

Institut tomonidan har yili Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul tibbiy profilaktik xizmat aksiyasi doirasida xayriya tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

12.JPG

Joriy yilning 15-noyabridan O‘zbekiston stomatologlar uyushmasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti hamkorligida poytaxtimizda joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Bir umrga yorqin tabassum” loyihasi amalga oshirilmoqda. Bolalik davridan boshlab og‘iz bo‘shlig‘ini to‘g‘ri parvarish qilish, tish yuvish, ratsional ovqatlanish qoidalari o‘quvchilarga tushuntirib borilmoqda.

Xayriya tadbirida o‘quvchilarga stomatologik kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha darslar o‘tkazildi.

Mazkur loyiha doirasida poytaxtimizdagi 284-umumta’lim maktabining 200 mingga yaqin boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga tish cho‘tkasi va pastasi, tish tozalash kalendari hamda ota-onalar uchun eslatma flayyerlari tarqatiladi.

Shahnoza Mamaturopova, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
970






Все о погоде - Pogoda.uz