O‘zA O`zbek

10.01.2019 17:42 Chop etish versiyasi

“The New York times” 2019 yilda Oʻzbekistonga sayohat qilishni tavsiya etmoqda

“The New York times” 2019 yilda Oʻzbekistonga sayohat qilishni tavsiya etmoqda

AQSHning yirik nashrlaridan boʻlgan “The New York times” gazetasi Oʻzbekistonni 2019 yilda tashrif buyurish tavsiya etilayotgan 52 mamlakatlar sirasiga kiritdi.
Oʻzbekiston “The New York times” talqiniga koʻra, sayohat qilishga tavsiya qilinayotgan 52 mamlakatlar ichida 34-oʻrinda keltiriladi. Buyuk ipak yoʻli boʻylab sayohat qiling, deb yozadi nashr.

Roʻyxatda Oʻzbekiston tungi barlar va kazinolari bilan mashhur boʻlgan Los-Anjels (AQSH), moviy sohillari bilan tanilgan Marsel (Fransiya) va vinochilik bilan dongʻi ketgan Shvetsariyaning Veve shaharlarini ortda qoldirgan. Nashrda sayohat qilishga taklif etilayotgan har bir shaharning oʻziga xos jihatlari va u yerda joriy yilda kutilayotgan yangi oʻzgarishlar haqida hikoya qilinadi. Oʻzbekiston haqida esa bu mamlakatga sobiq sovet tuzumidan soʻng 25 yil oʻtib, ilk bor AQSH va boshqa yuzga yaqin davlat fuqarolari vizasiz (5 kun) tashrif buyurish mumkinligi, onlayn vizaga topshirish, valyuta alishtirish imkoniyati yaratilgani aytiladi.

Fransiya fuqarolari Oʻzbekistonda 1 oy davomida vizasiz harakatlana olishlari alohida qayd etilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston qoʻshni mamlakatlar bilan ham chegaralarni ochgani, yaqin orada Markaziy Osiyo davlatlari umumiy viza tizimiga oʻtishlari va Toshkent orqali qoʻshni davlat poytaxtlariga aviareyslar imkoniyati borligi, Nyu-York va Toshkent oʻrtasida aviaqatnovlar soni ortgani haqida axborot berilgan. Hamda yurtimizda keyingi ikki yil ichida yangi qishki kurort maskani, Buxoroda turistik zona va bir qator yangi mehmonxonalar ishga tushishi keltiriladi.

Sayohatga tavsiya etilgan manzillar roʻyxatida Oʻzbekiston Fransiya va Shvetsariyani orta qoldirdi.

OʻzA
1 301