Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.02.2018 17:35 Chop etish versiyasi

Termizda jinoyat sodir etgan yashnobodlik Mirobodda qo‘lga tushdi

Poytaxtimizning Yashnobod tumanida yashovchi G.D. uchun halol mehnat qilib xotirjam hayot kechirishdan ko‘ra, odamlar ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan yashash osondek tuyuldi.

Shu maqsadda u Termiz shahriga qadam “ranjida” qildi. Maishiy texnikalarni o‘z narxida, arzon olib beraman, deb qop-qop va’dalar bilan “mijoz”larini chuv tushirib, o‘tgan yili dekabr oyida tasodifan g‘oyib bo‘ladi. Aniqrog‘i, sodir etgan qilmishi uchun jinoiy javobgarlikdan qochadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan qidiruvga berilgan “mehmon” uzoqqa qochib ketolmadi. Toshkent shahrining Mirobod tumani hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

“Uddaburon” M.D.ning “sarguzasht"lariga endi odil sud zalida baho, yo‘g‘-e, jazo beriladi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
7 122