Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.04.2017 18:59 Chop etish versiyasi

"Temuriylar" jamosi g‘olib

Buxoroda “Yosh chegarachilar” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida Qurolli Kuchlarimiz tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar milliy armiyamiz saflarini har tomonlama barkamol yoshlar bilan to‘ldirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Ishtirokchilar turnikda tortilish, yugurish, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, tarix va ingliz tili kabi 14 shart bo‘yicha bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Yoshlar mahorati mamlakatimiz chegaralari daxlsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning mazmun-mohiyatini nechog‘li bilishi, tezkorlik, chaqqonlik, belgilangan vaqtga rioya qilishi hamda nizomda ko‘rsatilgan boshqa talablarni muvaffaqiyatli uddalashi kabi mezonlar asosida baholandi.

Musobaqada Buxoro shahridagi iqtisodiyot va bank kollejining “Temuriylar” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

– Ta’lim muassasamizda “Yosh chegarachilar” klubida shug‘ullanayotgan yoshlar ko‘p, – deydi g‘olib jamoa sardori Feruz Sarvarov. – Ular orasida kelajak hayotini harbiy xizmat bilan bog‘lash, chegarachi bo‘lishni orzu qilayotganlar ham bor. Musobaqa tengdoshlarimning bu boradagi bilim va ilk ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Erkin Yodgorov, O‘zA
2 523






Все о погоде - Pogoda.uz