Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.07.2018 16:52 Chop etish versiyasi

Temir yo‘l transporti xizmatlari narxi nega ko‘tarildi?

Iyun oyi davomida aholi uchun xizmatlar tariflari narxlarida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi va bor yo‘g‘i 0,3 foizlik o‘sish holati qayd etildi. Bu esa, o‘z navbatida, umumiy iste’mol narxlari indeksiga 0,1 foiz darajada ta’sir etdi.

Narx tariflarining nisbatan barqaror sur’atlarda oshib borishi qatorida yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxi o‘rtacha 1,4 foiz va maishiy turdagi xizmatlar esa 0,4 foizga qimmatlashdi. Bu haqida Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lum qilmoqda.

2018 yilning iyun oyida aholi uchun alohida turdagi xizmatlar guruhining iste’mol narxlari indeksi

(o‘tgan oyga nisbatan, %)

99.JPG
999.JPG

Qashqadaryo viloyati hokimining qarori asosida joriy yilning iyun oyidan boshlab hudud bo‘yicha shahar avtobus transportida yo‘l xaqi 66,7 foizga oshirildi. Xorazm viloyati hokimining qaroriga asosan esa viloyat bo‘yicha shahar avtobus transporti xizmatlari 42,9 foiz hamda yo‘nalishli taksi xizmatlari narxi 11,1 foizga ko‘tarildi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati hududida ham yo‘nalishli taksi xizmatlari o‘rtacha 9,4 foizga qimmatlashgan.

Shuningdek, mahalliy transport poezdlari uchun yo‘l xarajati hujjatlari narxining oshishi va Shveysariya frankining so‘mga nisbatan biroz oshishi hisobiga temir yo‘l transporti xizmatlari narxlari biroz ko‘tarildi.

Yevroga nisbatan milliy valyutamiz kursining mustahkamlanishi natijasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK chiptalari narxlari birmuncha arzonlashdi.

O‘zA
2 590